0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Xabaringiz bor, Samarqand shahar jamoat transporti uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Yashil shaharlar” loyihasi doirasida qo‘shimcha elektrobuslar xarid qilish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihani amalga oshirishda bank tomonidan yollangan Yevropaning “Mott Macdonald” konsultantlari bilan navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov ishtirokida Samarqand elektrobuslar loyihasining 2-bosqichi loyiha-oldi hujjatlarini tayyorlash yuzasidan bir qator masalalar muhokamasi amalga oshirildi.
Muhokama chog‘ida muammoli masalalar, jumladan, avtosaroy bosh rejasiga tuzatish kiritish, elektrobuslar yo‘nalishlari va soni hamda elektr tarmoqlariga ulanish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
