Murojaat muhokama qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
09.04.2026 4 Yangiliklar

E’tirozga sabab bo‘lgan xatti-harakatlar tanqidiy-tahlil etildi

 

#Munosabat

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 12-sonli “Hazora ABB - Siyob ABB” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasining Dahbed-Rudakiy ko‘chasi chorrahasidagi bekatda to‘xtamasdan o‘tganligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur murojaatlar yuzasidan Samarqand viloyati Transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

 

Jamoat transportida xizmat sifatini oshirish, haydovchi va yo‘lovchilar o‘rtasida kelib chiqayotgan har qanday salbiy munosabatlarga barham berish maqsadida aholi e’tiroziga sabab bo‘lgan 12-sonli yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi “Samarqand Hamkor Trans” MChJda ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan murojaatlar muhokama qilindi. Unda murojaatda qayd etilgan e’tirozlar bo‘yicha haydovchilarning xatti-harakatlari tanqidiy-tahlil etildi. Yo‘lovchilarning haqli e’tiroziga sabab bo‘ladigan har qanday holatga barham berish yuzasidan barcha birdek ogohlantirildi. Korxona rahbariyatiga tashuvlarda xizmat sifatini oshirish maqsadida har bir haydovchiga qo‘shimcha yo‘riqnoma o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

Holat takrorlangan taqdirda haydovchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha korxona rahbariyati tomonidan haydovchilar ogohlantirildi.

 

Samarqand shahar jamoat transportida jamoatchilik nazoratini o‘rnatgan va undagi muammolarni xolis yoritib bergan barchaga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.