0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O‘quv kurslarning navbatdagi mashg‘ulotlarida viloyat Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.Uzoqov qatnashib, haydovchilar bilan birgalikda elektrobuslarining to‘liq ishlashi, brutto-shartnomasida belgilangan barcha normalarga rioya etilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tahlil qildi.
– Jamoat transportining uzluksiz ishlashini tashkil etish, yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish uchun barcha mas’ul tashkilotlar oldiga talab qo‘yadigan vaqti keldi. Yo‘llarda jamoat transportining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb masalasi, – deydi M.Uzoqov.
Mutaxassislar tomonidan real vaqt rejimida brutto-shartnoma talablari va shartlariga rioya etilishi, belgilangan jadval va masofalarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borilishi haqida batafsil tushuntirib bormoqdalar.