O‘quv seminarlari tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
02.09.2025 93 Yangiliklar

Jamoat transportida xizmat sifatini oshirish, yo‘nalishlardagi avtobuslar tarkibini yangilashda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ish olib borish keng yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil etib boriladi.

 

Jumladan, viloyat Transport boshqarmasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025- yil 7-avgustdagi “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 501-son qarorining mazmun mohiyati yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

 

Unda avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida ochiq tenderlar o‘tkazish tartib-taomillarini soddalashtirish, tender bo‘yicha takliflarni baholash va g‘olibni aniqlashda inson omilini minimallashtirish hamda idoralararo elektron tizimlarni integratsiya qilish orqali ushbu tizimni raqamlashtirish borasida kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, o‘quv seminari davomida tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.