O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida transport sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Chop etish Sahifani ulashish
28.03.2025 38 Yangiliklar

Viloyat transport boshqarmasi rahbari Ravshan Tojiyevning ma’lum qilishicha, hududda 2772 ta jamoat transporti yo‘nalishlarda harakatlanmoqda. Bundan tashqari, 18 mingdan ortiq fuqaro shaxsiy avtomobillari orqali yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda. 2024-yilda 250 dan ortiq yangi avtobus va mikroavtobus yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yil oxirigacha yana 50 ta elektr avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.

 

Yig‘ilishda deputatlar soha rahbariga saylovchilar manfaatlaridan kelib chiqib savollar yo‘lladi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, tegishli qarorlar qabul qilindi.