0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Samarqand viloyati Transport boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi tomonidan aholiga sifatli transport xizmatini ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilikka ma’lumot berish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.
Viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarga boshqarmaning Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Uzoqov hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i E.Murodovlar sohada xizmat sifatini oshirishga qaratilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil axborot berdi.
Muhokama tarzda o‘tkazilgan tadbirda jurnalist va blogerlar sohada mavjud muammolar yuzasidan savol berib, ularning yechimi yuzasidan javob olishdi.