Sifatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi

Chop etish Sahifani ulashish
15.01.2026 6 Yangiliklar

Jamoat transportida xizmat sifatini oshirish, yo‘nalishlardagi transport vositalarining tarkibini yangilash, tender hamda litsenziya talab va shartlariga amal qilgan holda tashuvlarni tashkil etish maqsadida viloyat transport boshqarmasida tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda xizmat ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, qatnovlarda yo‘nalish chizmasidan chiqish holatlari tanqidiy muhokama etildi.

Yig‘ilishda boshqarma bo‘lim boshlig‘i M.Uzoqov qatnashib, yo‘nalishlardagi transport vositalarini rusumidan qat’iy nazar sifatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Eng avvalo, tender tanlovlari yakuni bilan barcha tashuvchilar transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 501-son qarorida belgilangan tartibda navigatsiya qurilmalari bilan jihozlashi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.