Qoidabuzarga jazo muqarrar

Chop etish Sahifani ulashish
21.04.2026 11 Yangiliklar

Munosabat

 Ijtimoiy tarmoqlarda shahar avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi transport vositasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.

 Mazkur holat yuzasidan Transport boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Jumladan, qoidabuzarlik 99-sonli “1-son shahar shifoxonasi - “Bionur Medservis” klinikasi” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami belgisi 30 065 BCA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi R.M. tomonidan sodir etilgan.

 Qoidabuzarlik yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Samarqand Hamkor Trans” MChJ rahbariyati tomonidan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, haydovchi R.M. tomonidan qoidabuzarlik holati takror qayd etilsa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi belgilab qo‘yildi.

 Shu o‘rinda Samarqand shahar jamoat transportida jamoatchilik nazoratini o‘rnatgan va unda xizmat sifatini oshirish uchun muammoni xolis yoritib bergan barchaga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.