0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar, Qorasuv massivini shaharning boshqa hududlari bilan bo‘lovchi yo‘nalishlarda avtobuslarning soni kamligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Bugungi kunda Samarqand shahar, Qorasuv massivi aholisi uchun 5 ta yo‘nalishda avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan, Jumladan, 8-sonli “Qorasuv massivi-SamDAQU”, 20-sonli “Yangihayot mahallasi-Qorasuv massivi”, 27-sonli “Temiryo‘l vokzali-Obod maskan mahallasi, 30-sonli “Zafarobod mahallasi-Yangiobod mahallasi, 141-sonli “Temiryo‘l vokzali-Qorasuv massivi” yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovi tashkil etilgan. Mazkur yo‘nalishlarda 40ga yaqin avtobuslar xizmat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, mazkur hudud aholisining avtobuslardan foydalanish darajasi o‘rganib chiqilib, mavjud yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarning sonini oshirish borasida takliflar tayyorlangan. Hozirda mazkur takliflar vakolatli organlar bilan kelishish uchun kiritilgan.
Bundan tashqari, Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasida rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari yakuni bilan M5- va M15-sonli shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi transport vositalarining so‘ngi bekati Qorasuv massivi etib belgilanadi.
