Qozog‘iston kompaniyasi Samarqand viloyati uchun yangi avlod elektrobuslarini taklif etdi

Chop etish Sahifani ulashish
12.09.2025 73 Yangiliklar

Viloyat hokimligida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev va Qozog‘istonning “FALCON MURAT ADILXAN” brendi ostida zamonaviy elektrobuslar ishlab chiqaruvchi “Falcon Euro Bus” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Korxona rahbari uzunligi 9 metrdan 18 metrgacha bo‘lgan shahar, shaharlararo, sayyohlik va aeroport avtobuslarining taqdimotini o‘tkazdi. Avtobuslar 70% Olmaotada yig‘ilgan, ba’zi butlovchi qismlar Yevropa va Xitoydan keltirilgan. Elektrobuslari bir quvvat orqali 300-350 km masofani bosib o‘tadi.

Adiz Boboyev Qozog‘iston delegatsiyasining yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi samarqanlik tadbirkorlar bilan uchrashuvini tashkil etish taklifini berdi.

Uchrashuvda tomonlar Samarqandda ekologik toza transportni joriy etish va "yashil iqtisodiyot" sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.