“Rahbar va yoshlar”ning navbatdagi uchrashuvi

Chop etish Sahifani ulashish
13.08.2026 3 Yangiliklar

Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Samarqand viloyati transport boshqarmasi mas’ullari hamda Ishtixon tumanida o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning taklif, tashabbus va murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni hal etish hamda yoshlar tomonidan ilgari surilgan takliflarni amalga oshirish borasida mutasaddilarga vazifa yuklandi.

Uchrashuv doirasida boshqarmaga biriktirilgan yoshlarning ota-onalari bilan ham suhbat tashkil etildi. Unda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan fikr almashilib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.