Samarqand shahar jamoat transporti uchun yana 5 ta yangi avtobus xarid qilindi
Samarqand shahar jamoat transportining jozibadorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqish, aholi uchun qulay bo‘lgan transport turini taklif etish maqsadida shahar yo‘nalishlaridagi transport vositalari zamonaviy talablar asosida jihozlangan avtobuslarga almashtirib borilmoqda.
Aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, jamoat transporti yetib bormagan hududlarni qamrab olish maqsadida Samarqand shahar jamoat transporti uchun Zhongtong rusumli yangi avtobuslar xarid qilindi.
“Navobod trans” MCHJ tomonidan xarid qilingan ushbu avtobuslar Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan.
Mazkur avtobuslarning xarid qilinishi hamda yo‘nalishlarga chiqarilishi natijasida korxona tomonidan qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.