Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi aholi va haydovchilar diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
13.04.2026 21 Yangiliklar

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon, Qo‘shrabot tumanlaridan Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi aholi va haydovchilar diqqatiga!

Samarqand shahridagi Dahbed va Rudakiy ko‘chalari chorrahalaridagi tartibsizlikning oldini olish, hududda transport oqimini qisqartirish evaziga tirbandliklarni kamaytirish maqsadida M37 avtomobil yo‘li hamda Motrid ko‘chasi tutashmasida avtoshohbekat foydalanishga topshirildi. Mazkur avtoshohbekat ushbu tumanlardan kerib keluvchi yo‘lovchi tashish transport vositalari uchun so‘nggi bekat etib belgilandi. Avtoshohbekatda yo‘lovchi va haydovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yengil avtomobillar uchun alohida avtoturargoh tashkil etilgan.

Hududdan Samarqand shahri bo‘ylab 8, 20, 27, 31-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.

Barcha haydovchi va yo‘lovchilardan sayohatlarini mazkur avtoshohbekat orqali amalga oshirishlarini so‘rab qolamiz.