“Samarqand – Urgut” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishi jadal davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
18.08.2025 42 Yangiliklar

#Jarayon

“Samarqand – Urgut” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishi jadal davom etmoqda

Mazkur loyiha mamlakatimiz transport tizimini modernizatsiya qilish, mintaqalararo aloqalarni kuchaytirish va yo‘lovchilar uchun zamonaviy hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihalardan biri hisoblanadi.

Loyiha ishga tushirilishi natijasida Samarqand shahri, Jomboy, Pastdarg‘om, Toyloq va Urgut tumanlari hududi aholisiga sifatli va xavfsiz transport xizmatlari ko‘rsatilishiga hamda ichki turizmni rivojlantirishga, shuningdek, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi salohiyatini oshirishga erishiladi.