Samarqand viloyatida transport xizmatlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga doir belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ma’lumot

Chop etish Sahifani ulashish
28.07.2026 1 Yangiliklar

Samarqand viloyatida transport xizmatlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga doir belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ma’lumot

Bugungi kunda, viloyatda 256 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishi mavjud bo‘lib, shundan 159 tasi tashuvchiga biriktirilgan, 76 tasi tenderga joylashtirilgan, qolganlari uchun uchun tender hujjatlari tayyorlanmoqda.

Faoliyat ko‘rsatayotgan 24 ta shahar, 129 ta shahar atrofi va 6 ta shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishlarida 2123 ta transport vositalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Bunda avtobus-elektrobuslarning ulushi 44,8 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 30 716 ta yengil avtomobil yo‘nalishsiz taksi sifatida aholiga transport xizmatini ko‘rsatmoqda

Viloyatdagi mahalla va qishloq aholisining transportga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2026-yilning birinchi yarim yilligida tuman va qishloqlarni markaz bilan bog‘lovchi va tuman markazlarini qo‘shni tumanlari bilan bog‘lovchi 5 ta shahar atrofi yo‘nalishlar ochildi. Viloyatdagi barcha mahallalar xatlovdan o‘tkazilib, 823 ta mahalla jamoat transporti bilan qamrab olindi va qamrov darajasi 77.4 foizga yetkazildi.

2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida jamoat transporti tizimi uchun 5 ta avtobus va 7 ta mikroavtobuslar xarid qilindi.

Shuningdek, joriy yil yakuniga kadar 250 ta zamonaviy avtobus va 50 ta mikroavtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Samarqand shahrida jamoat transportida xizmat sifatini oshirish, qatnovlar uzviyligini ta’minlash, haydovchilarni qushimcha vazifalardan ozod qilish maqsadida yo‘lkira haqini to‘lashda naqd puldan voz kechilib, tulovlar to‘liq elektron tarzda amalga oshirish amaliyoti joriy etildi. Buning natijasida sohada yashirin iqtisodiyotning oldi olindi.

Shahar jamoat transportida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 23 ta yo‘nalishda brutto-shartnoma asosida 6 ta korxonaga 33.3 mlrd. so‘m tulab berildi.

Samarqand shahrining turistik salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy va mahalliy sayyohlarga yanada kulay transport turini taklif etish maqsadida turistik manzillar bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishi tashkil etildi.

Ushbu turistik yo‘nalish Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shoxi Zinda ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasini bir-biri bilan bog‘laydi.

Yo‘nalishda 2 ta dabl-dekker avtobus xizmat ko‘rsatmoqda. Sayyohlar ushbu avtobuslar uchun olingan chipta bilan kun davomida sayohat qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, Samarqand shahrining sayyohlik manzillarini jamoat transporti bilan bog‘lash maqsadida shahar avtobus yo‘nalishlarining aksariyati tarixiy obidalar bilan bog‘langan.

Jamoat transporti yo‘nalishlari raqamli texnologiyalardan foydalangan xolda, ochiq internet xaritaga chiqarildi.

Yo‘lovchilar ATTO mobil ilovasi, 2GIS, Yandeks internet xaritasi orqali avtobuslar harakatini bevosita kuzatib uziga kerakli bo‘lgan manzilga yetib olish imkoniyati yaratildi.

utgan davr mobaynida jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash borasida xam sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Viloyatda 1 ta avtovokzal, 19 ta avtostansiya hamda 1 136 ta oralik avtobus to‘xtash bekatlari mavjud.

2026-yil 1-chorakda Samarqand tumani “O‘zbekkenti” mahallasi hududida 1 ta yangi “Favori” avtostansiyasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, yana 1 ta avtostansiya quriladi va 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilinadi hamda 25 ta avtobus oralik bekatlarida qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.