Samarqand shahrida yo‘lovchi tashish korxonalari rahbarlari va boshqarma boshlig‘i R.Tojiyev ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda transport xizmati sifatini oshirish, xavfsizlik va haydovchilar mas’uliyati asosiy mavzu bo‘ldi.
Yig‘ilishda belgilangan asosiy vazifalar va o‘zgarishlar:
Elektron to‘lov – qat’iy nazoratda: Avtobus, elektrobus va tramvaylarda elektron to‘lov tizimi mavjudligiga qaramay, naqd pul olayotgan haydovchilar faoliyati tanqid qilindi. Bunday holatlarga chek qo‘yiladi.
Plastik kartalar bo‘yicha cheklovlarga chek qo‘yiladi: Bank kartalari orqali to‘lov qilishda asossiz taqiq va tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.
“Sirli mijoz” reydlari o‘tkaziladi: Aholi murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlar asosida transport xizmati sifatini oshirish uchun “Sirli mijoz” monitoringi yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha validatorlar o‘rnatish yuzasidan: Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida avtobuslarning ikkinchi eshigiga ham to‘lov terminallari (validatorlar) o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish vazifasi mas’ullarga yuklatildi.