Samarqanddan Toshkentga: yana bir qulaylik

16.07.2022

Aholining talab va takliflaridan kelib chiqib, Samarqand va Toshkent shahrini bog‘lovchi yo‘nalishda yangi avtobus qatnovi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishdagi avtobus joriy yilning 18-iyul kunidan boshlab har kuni Samarqand shahar, Temiryo‘l vokzali hududidan soat 7.30da Toshkent shahriga jo‘naydi. Toshkent shahridan 15.00da Samarqandga yo‘l oladi.

Mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar zaruriy talablar asosida jihozlangan bo‘lib, o‘ziga xos qulayliklarga ega. Marhamat foydalaning! Yo‘l kira narxi 48000 (qirq sakkiz ming) so‘m.

Batafsil ma’lumotlarni +998 90 198 0533 raqamidan olishingiz mumkin.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati