Soha vakillarini rag‘batlantirildi

Chop etish Sahifani ulashish
03.11.2025 3 Yangiliklar

Har bir kasbning oʻz oʻrni va masʼuliyati borligi hech birimizga sir emas, ammo shunday bir kasb borki ular aholining uzog‘ini yaqin, ogʻirini yengil qiladi. Har dam xalq orasida. Tongdan tungacha xizmatda.

 

Soha vakillarini rag‘batlantirish maqsadida viloyat Transport boshqarmasida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Unda uzoq yillardan buyon sohada xizmat ko‘rsatib kelayotgan, mashaqqatli mehnati orqali yo‘lovchilar hurmatiga sazovor bo‘lgan soha faxriylari va ayni kunlarda xalq xizmatida bo‘lgan bir guruh fidoiy transportchilar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining faxriy yorliq va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

 

Tadbirda boshqarma boshlig‘i R.Tojiyev so‘z olib, soha xodimlarining mintaqadagi transport tizimini rivojlantirishdagi hissasi alohida e’tirof etdi. Avtomobil transporti xodimlarining fidokorona mehnati tufayli Samarqand shahri va viloyatida yo‘lovchi hamda yuk tashish tizimining uzluksiz ishlashi, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.