0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Aholiga transportda pullik xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga yetarli darajada shart-sharoit yaratish, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Samarqand viloyati Transport boshqarmasida tashuvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yo‘lovchi tashishda sog‘lom raqobatni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar, sohada tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov tadbirkorlik subyektlarining muammolari va takliflari tinglab, yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
