Tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.06.2025 47 Yangiliklar
Tadbirkorlarga qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga ko‘maklashish va qonunbuzilishlarning barvaqt oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish va nazorat qiluvchi organlarning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Samarqand viloyati transport boshqarmasi binosida yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining yetakchi inspektori J.Tursunov, Savdo Sanoat Palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining bo‘lim yuriskonsulti Sh.Muinjonovlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida batafsil to‘xtaldi.
Shuningdek, yo‘lovchi tashish faoliyatida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, sohaga doir qarorlarga amal qilgan holda tashuvlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.