Tarixiy maskanlarni ziyorat qilishda jamoat transporti xizmatidan foydalaning

Chop etish Sahifani ulashish
19.03.2026 10 Yangiliklar

Hurmatli samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari!

Dam olish kunlari Samarqand shahridagi tarixiy maskanlarni ziyorat qilish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizga sayohat davomida jamoat transporti xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz.

M1-sonli yo‘nalish Temiryo‘l vokzali hamda Samarqand xalqaro aeroportini bog‘laydi.

Amir Temur maqbarasigacha 3, 6, 8, 20, 27, 31, 60, 74, 77, 99, M2, M3, M4, M5, M15, T3-sonli yo‘nalishlardagi transport vositalari bilan yetib olish mumkin.

3, 74, 77, M3-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar sizni Registon maydonigacha olib boradi.

Shohi Zinda majmuasiga tashrif buyuruvchilarga 12, 17, 22, 30, 60, 66, 71, 99, 256, M5, M12 hamda M15-sonli avtobuslardan foydalanishni tavsiya etamiz.

17 hamda 99-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar Xo‘ja Doniyor maqbarasiga yaqin (500 metr) hududdan harakatlanadi.

Ulug‘bek rasadxonasigacha 17, 70, 99-sonli avtobuslar bilan yetib olish mumkin.

Boqiy shahar turistik majmuasiga borish uchun 17, 77 hamda M3-sonli avtobuslar xizmatidan foydalaning.