#MUNOSABAT!
Zarnews.uz internet nashri orqali shahar avtobus yo‘nalishlarida havo harorati ko‘tarilishi fonida konditsionerlarning ishlamayotganligi bo‘yicha bildirilgan e’tirozlar yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Avtobus salonlarida yo‘lovchilar uchun noqulay harorat yuzaga kelishining oldini olish, jumladan, tashqi havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lgan hollarda sovitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash zarurligi yuzasidan boshqarma tomonidan barcha tashuvchilarga ko‘rsatma xati berilgan.
Hozirgi vaqtda shahar jamoat transportida harakatlanuvchi konditsioneri yoki shamollatish tizimi mavjud bo‘lgan transport vositalari “Samarqand yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tomonidan nazoratga olingan. Ko‘rsatma talablariga rioya etmagan tashuvchilarga nisbatan qat’iy intizomiy va shartnomaviy choralar ko‘rilishi yuzasidan barcha mas’ullar ogohlantirilgan.