Tegishli ravishda ogohlantirishlar berildi.

Chop etish Sahifani ulashish
10.04.2026 7 Yangiliklar

#Munosabat

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi 22-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisining ehtiyotsizlik boshqaruvi yuzasidan rasmiy munosabat.

Ma’lum qilamizki, ushbu murojaat mazkur yo‘nalishga xizmat ko‘rsatuvchi tashuvchi korxona — «Dilshod trans servis» MChJ rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, 22-sonli yo‘nalishda faoliyat yurituvchi barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi va tegishli ravishda ogohlantirishlar berildi.

Korxona rahbariyati tomonidan haydovchilarning belgilangan me’yor va xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etish bo‘yicha nazorat choralari kuchaytirildi.

Samarqand viloyati Transport boshqarmasi jamoatchilik nazorati uchun murojaat muallifga minnatdorlik bildiradi.

Hech bir murojaat e'tiborsiz qoldirilmaydi.