Transport vositalardagi reklama vositalari bo‘yicha reyd o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
29.07.2025 48 Yangiliklar

#Hamkorlik

Samarqandda transportdagi reklama vositalari bo‘yicha reyd o‘tkazildi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi tashabbusi bilan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Transport boshqarmasi hamkorligida Universitet xiyoboni bo‘ylab transport vositalaridagi reklama vositalarining qonuniyligi tekshirildi.

Reyd davomida “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunlar, shuningdek, reklama joylashtirish tartibini belgilovchi normativ hujjatlar asosida noqonuniy va yo‘l harakatiga xavf tug‘diruvchi reklama vositalari aniqlanib, bartaraf etildi.

Haydovchilarga tushuntirishlar berilib, transport vositalariga reklama joylashtirish faqat my.gov.uz orqali ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi eslatildi.