0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Samarqand viloyati transport boshqarmasida jamoat transportida kuzatilayotgan muammolar tashuvchi korxonalar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Unda xizmat ko‘rsatuvchi va yo‘lovchi o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatlarni shakllantirish, tashuvlarda sifat darajasini ko‘tarish, tender hamda litsenziya talab va shartlariga jiddiy e’tibor qaratish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Bundan tashqari, shahar atrofi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi korxona rahbarlaridan belgilangan yo‘nalishlar chizmasiga qat’iy rioya etish, sun’iy avtoturargohlar tashkil etmaslik, ish rejimining buzilishi, transport vositalarining sanitar tozaligiga jiddiy e’tibor qaratish talab etildi.
Yig‘ilish davomida yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarini yangilash yuzasidan tashuvchilarga tavsiyalar berildi. Mahalliy yoki xorijda ishlab chiqarilayotgan avtobus yoki mikroavtobuslar xarid qilishda berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanish lozimligi aytib o‘tildi.