0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
“Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” Davlat muassasasida viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyev ishtirokida davlat muassasasi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Transport xizmatlari sifatini nazorat qilish bo’limi faoliyati tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.
– Har kuni transport xizmatlari sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan avtobus haydovchilari faoliyatidagi kamchiliklar aniqlanmoqda, men har kuni ijtimoiy tarmoqlarda shahar transportining ishi haqida salbiy sharhlarni o'qiyman. Bu ish yetarli darajada bajarilmayotganidan dalolat beradi. Transport korxonalari rahbarlari bilan ishlashni kuchaytirish, haydovchilar ishtirokida har kuni kechki tahlillarni olib borish zarur, – deydi transport boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Tojiyev.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” Davlat muassasasiga yangi rahbar hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati bo’limi boshligi tayinlandi.