0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Samarqand shahrida tirbandlikni kamaytirish, jamoat transportiga ustuvorlik berish, uning harakatini tartibga solish muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi.
Viloyat transport boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasining “Tszyansi Tunlyan shaharsozlik va transportni rejalashtirish hamda loyihalashtirish” hamda “Shanxay Tszian Transportni loyihalashtirish va konsulting” kompaniyasi vakillaridan iborat ishchi guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarmaning Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Uzoqov xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashdi.
Uchrashuv davomida aqlli transport tizimi, avtobus yo‘nalishlari tarmog‘i va ulardan foydalanish, avtomobil to‘xtash joylarini rejalashtirish va boshqarish, piyodalar va transport vositalari uchun harakat xavfsizligini boshqarish yo‘nalishlariga urg‘u beriladi.
Shuningdek, tomonlar shahar ko‘chalariga chiqqan holda holatni ko‘zdan kechirishdi.