0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Samarqand shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etilishi va moliyalashtirilishi tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay, xavfsiz va ishonchli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, shahar avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lov qamrovini oshirish bilan bog‘liq jihatlarga ham e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, avtobuslarning tirbandlikda qolib ketishining oldini olish, yo‘nalishning so‘ngi bekatida haydovchilar uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
