Xivaga ma’naviy-ma’rifiy sayohat

Chop etish Sahifani ulashish
01.06.2026 23 Yangiliklar


Xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Transport vazirligi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi ko‘magida qadimiy va navqiron Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida Ichan-qal’a va boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qilib, xalqimizning boy madaniy merosi hamda milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur sayohat xodimlarning mazmunli hordiq chiqarishi, jamoada hamjihatlik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.