0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Keyingi kunlarda jamoat transportidagi kuzga tashlanayotgan kamchiliklar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozli murojaatlar tarqalmoqda. Ayniqsa, Dahbed-Rudakiy ko‘chalari chorrahasidagi tartibsizlik, avtobuslardagi validatorlar bilan bog‘liq holatlar, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha murojaatlar qayta-qayta takrorlanmoqda.
Jamoat transportidagi salbiy holatlarga chek qo‘yish maqsadida viloyat Transport boshqarmasida tashuvchi korxonalar hamda sohaga mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda yo‘lovchi oqimi yuqori bo‘lgan bekatlarda avtobuslarning tartibsiz joylashuvi, ortiqcha to‘xtalishlar atroflicha muhokama qildi. Ayniqsa, validatorlarni hech bir sababsiz o‘chirib qo‘yilishi, harakat xavfsizligiga e’tibor qaratmaslik jiddiy tanqid qilindi.
Shuningdek, yo‘lkira haqi naqd pulda to‘langanda chipta berish majburiy ekanligi alohida ta’kidlandi.
Biz elektron to‘lovni ommalashtirish bo‘yicha joylarda targ‘ibot ishlarini olib borayotgan bir vaqtda validatorlarning hech bir sababsiz o‘chirib qo‘yilishi, bekatlarda ortiqcha to‘xtalish sababli yo‘lovchining vaqtini behuda sarflanishi, xavfsiz jamoat transporti tizimi yaratish uchun harakat qilinayotganda bu kabi holatlarning yuzaga chiqishini qanday tushunish mumkin, dedi boshqarma bo‘lim boshlig‘i Mahmud Uzoqov o‘z so‘zida.
Yig‘ilishda xizmat ko‘rsatuvchi va yo‘lovchi o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatlarni shakllantirish, tashuvlarda sifat darajasini ko‘tarish, tender hamda litsenziya talab va shartlariga jiddiy e’tibor qaratish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklandi. Jamoat transporti bilan bog‘liq har qanday muammoli holat bo keskin choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.
