Yo'l talashgan haydovchilarga chora ko'rildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.09.2026 7 Yangiliklar

#Munosabat

Joriy yilning 19-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 9- va 31-sonli avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi transport vositalari haydovchilari tomonidan noo‘rin xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgani aks etgan videomurojaat tarqaldi.

Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar avtobuslarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yozuvlari asosida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:

Samarqand shahar 31-sonli “Favori ABB – Samarqand tumani shifoxonasi” avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30 946 LBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi Z.Sh.ga “Marokand Trans 777” MChJ rahbariyati tomonidan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Haydovchi 15 kun muddatga avtobus boshqaruvidan chetlatilib, ushbu davrda avtosaroy ishlariga jalb etilishi belgilandi.

Samarqand shahar 9-sonli “Ipak yo‘li bozori – Gulobod qo‘rg‘oni” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30 069 ECA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi E.Yu.ga “Avtotrans Urgut” MChJ rahbariyati tomonidan tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, avtobuslarni boshqarish vaqtida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan viloyat IIB YHXB tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy choralar ko‘rildi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish, haydovchilarning xizmat intizomi hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

Yo‘lovchilarning murojaat va takliflari transport xizmatlari sifatini yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.