0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
#Munosabat
Facebook tarmog‘ida Bahodir Rahmatullayev profili foydalanuvchisi tomonidan Samarqand shahar, So‘zangaron, Andijon va Termiz ko‘chalarida joylashgan mahallalar aholisini jamoat transporti bilan ta’minlash yuzasidan murojaat qoldirilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Samarqand viloyati transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Murojaatda qayd etilgan 14, 32, 55, 78 va 122-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositalari tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘xtatilgan.
Mazkur hudud aholisini jamoat transporti qatnovi bilan ta’minlash maqsadida Andijon ko‘chasida 134, 180-sonli, Umar Xayyom nomli ko‘cha bo‘ylab 36, 55a, 55b, 64-sonli, Baxtiyor Hamidov nomli ko‘chada 36, 55a, 55b, 64, 134, 180-sonli, Termiz ko‘chasi orqali 55a, 55b, 134-sonli avtobuslar qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Rejadan o‘rin olgan 36-sonli yo‘nalishda avtobus qatnovi tashkil etilgan.
Mazkur hududda transport qatnovini tashkil etish maqsadida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar tender tanlovlariga chiqarilgan. Biroq, avtobuslar yetishmovchiligi sabab yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridan takliflar kelib tushmagan. Hozirda barcha imkoniyatlar ishga solinib, yangi avtobuslar xarid qilish borasida tadbirkorlik subyektlari bilan ishlar tashkillashtirilgan.
