“RAHBAR VA YOSHLAR” OCHIQ MULOQOTI:
Yoshlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyev boshqarma va boshqarma muassisligidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlar uchun yaratilayotgan keng sharoitlar va zamonaviy imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, Transport va logistika sohasini raqamlashtirish hamda rivojlantirishda yoshlarning innovatsion startap g‘oyalari va kreativ yechimlari bilan faol ishtirok etishlari lozimligi qayd etildi.
Yosh mutaxassislarning sohani takomillashtirishga qaratilgan takliflari, bildirilgan muammolari hamda amaliy tashabbuslari birma-bir tinglandi.
Muloqot yakunida yoshlarning ilgari surgan har bir taklifini hayotga tatbiq etish va mavjud masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.