Zamonaviy talablar asosida qad rostlagan avtoshohbekat ish boshladi
Samarqand shahridagi Dahbed va Rudakiy ko‘chalari chorrahasidagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida M 37 avtomobil yo‘lining Motrid ko‘chasi bilan tutash qismida yangi avtoshoshbekat ish boshladi. Mazkur avtoshohbekat Samarqand shahriga Oqdaryo, Payariq, Ishtixon, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlaridan kirib keluvchi yo‘lovchi tashish transportlari uchun so‘ngi bekat hisoblanadi.
Yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida mazkur avtoshohbekat Samarqand shahar jamoat transporti qatnovi bilan qamrab olingan.
Avtoshohbekatdan tashkil etilgan shahar yo‘nalishlari:
8-sonli yo‘nalish harakat chizmasi: Qorasuv massivi, Motrid, Dahbed, Registon, Universitet xiyoboni, Orzu Mahmudov, O‘zbekiston ko‘chalari orqali SamDAQU;
20-sonli yo‘nalish harakat chizmasi: Qorasuv massivi, Motrid, Dahbed, Registon, Universitet xiyoboni orqali Samarqand tumani shifoxonasi, Yangi hayot mahallasi;
27-sonli yo‘nalish harakat chizmasi: Qorasuv massivi, Motrid, Dahbed, Registon, Universitet xiyoboni, “Shohrux Mirzo”, “Amir Temur”, “Mahmud Qoshg‘ariy”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Beruniy”, Temiryo‘l ABB;
31-sonli yo‘nalish harakat chizmasi: “Favori” avtoshohbekati, M37 avtomobil yo‘li, Oydin yo‘li, “Ibn Sino”, “Imom al-Buxoriy”, “Rudakiy”, Dahbed, Registon, Universitet xiyoboni orqali Samarqand tumani shifoxonasi.