60-sonli yo‘nalishda 10 ta avtobus xizmat ko‘rsatmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
04.09.2025 45 Yangiliklar

#Munosabat

 

Joriy yilning 3-sentabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarda 60-sonli “Sartepa massivi-Konigul mahallasi” shahar avtobus yo‘nalishidagi avtobuslarning harakati yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Samarkand & Самаркандцы telegram kanalida e’lon qilingan murojaatdagi holatlarni o‘rganish maqsadida viloyat Transport boshqarmasi xodimlari hamda yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Dilshod Trans Servis” MChJ rahbari tomonidan 4-sentabr kuni kuzatuv olib borildi.

2025-yil 3-sentabr kuni mazkur yo‘nalishda 10 ta avtobus 12-15-daqiqalik oraliq vaqt bilan yo‘nalishga chiqarilgan. Bugun, 4-sentabr sanasida ham 10 ta avtobus 12-15-daqiqalik interval bilan harakatlanayotganligi aniqlandi. Biroq, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelgan tirbandliklar sabab ba’zi vaqtlarda oraliq intervalning oshishi kuzatildi.

Samarqand shahar avtomobil yo‘llarida tig‘iz vaqtlarda kuzatilayotgan tirbandliklardan kelib chiqib, shuningdek, yo‘nalishlardagi avtobuslarda yo‘lovchilar sonini e’tiborga olgan holda viloyat Transport boshqarmasi shaxsiy avtomobil egalaridan imkon qadar jamoat transportiga ustuvorlik berishlarini so‘rab qoladi.