Shahar avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi avtobuslarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
06.09.2025 21 Yangiliklar

#Munosabat

Bugun, 6-sentabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar jamoat transportida harakatlanuvchi avtobuslarning ba’zilarida elektron to‘lov validatorlarining ishlamasligi hamda xizmat ko‘rsatish sifatining pastligi yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaatda ko‘rsatilgan holatlarni bartaraf etish maqsadida viloyat Transport boshqarmasi hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan shahar avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi avtobuslarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Olib borilayotgan o‘rganish ishlarida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.