Vazn va hajm parametrlariga rioya qilmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Chop etish Sahifani ulashish
25.07.2025 35 Yangiliklar

Vazn va hajm parametrlariga rioya qilmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yuk tashuvchi transport vositalari tomonidan belgilangan me’yordan ortiqcha yuk tashish avtomobil yo‘llarining tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Mazkur holatlarining oldini olish maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi, viloyat IIB YHXB hamda Avtomobil yo‘llari boshqarmasi xodimlari tomonidan kuchaytirilgan reyd tadbirlari tashkil etildi.

Reyd davomida avtotransport vositalarining vazni maxsus tarozilar yordamida tekshirilib, belgilangan standartlardan og‘ish holatlari aniqlanganda tegishli choralar ko‘rildi. Bu kabi tadbirlar yo‘llarni muhofaza qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda avtomobil yo‘llarining sifatli saqlanishida muhim omil hisoblanadi.