0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
#Munosabat
Yo‘nalish yopilmagan yoki ushbu yo‘nalish bo‘yicha biror bir cheklov kiritilmagan
Joriy yilning 13-iyul sanasida Facebook tarmog‘ida 450M-sonli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari haydovchilarining murojaati e’lon qilindi.
Mazkur murojaat yuzasidan Samarqand viloyati Transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Aholini jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yo‘lovchilarga xavfsiz transport turini taklif etish viloyat Transport boshqarmaning asosiy vazifalaridan biri. Bunda tadbirkorlik subyektining takliflari ham e’tiborga olinadi.
Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Arslon motors trans” MChJ rahbari tomonidan Samarqand viloyati Transport boshqarmasiga “Gulobod Eko Agrologistika bozoridan boshlab Samarqand tuman markazi, Qavchinon mahallasi, tuman shifoxonasi, Xo‘ja Axrori Vali masjidi, Safidi mahallasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Namozgoh ko‘chasi va “Sadirddin Ayniy” ko‘chalari orqali Xo‘ja Abdu Darun masjidi yonidan Rustam mahallasi, Rajabamin mahallasi, Pulimug‘ob mahallasi, 3-son tug‘uruqxona va Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati hududiy filiali” shahar atrofi yo‘nalishli taksi (mikroavtobus) yo‘nalishini ochish bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaat har tomonlama o‘rganib chiqilib, “Viloyatda ochilishi rejalashtirilayotgan yo‘nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha komissiya”siga kiritilgan.
Komissiya tomonidan taklif o‘rganilib, ijobiy xulosa berilgach, “Gulobod Eko Agrologistika bozori-Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati hududiy filiali” shahar atrofi yo‘nalishli taksi (mikroavtobus) yo‘nalishi 2024-yil 26-dekabrda o‘tkazilgan ochiq tenderga chiqarilgan.
2025-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan tender natijalariga ko‘ra, “Arslon motors trans” MChJ mazkur yo‘nalishda ishlash huquqini qo‘lga kiritgan hamda ommaviy oferta shartnomasi imzolangan.
Samarqand viloyati Transport boshqarmasi tomonidan yo‘nalish yopilmagan yoki ushbu yo‘nalish bo‘yicha biror bir cheklov kiritilmagan.