Haydovchi yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun pushaymonligini bildirdi

Chop etish Sahifani ulashish
16.04.2026 7 Yangiliklar

#Munosabat

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 77-sonli “Do‘stlik mahallasi - Boqiy shahar” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasi haydovchisining so‘zlarini o‘zi uchun qo‘pollik deb bilgan fuqaroning murojaati tarqaldi.

 

Mazkur holat viloyat Transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganib chiqildi.

 

Holat yuzasidan 77-sonli “Do‘stlik mahallasi-Boqiy shahar” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30/689 LBA bo‘lgan avtobus haydovchisi P.Sh. bilan tegishli tartibda suhbat olib borildi. Murojaatda ko‘rsatilgan e’tirozlar yuzasidan haydovchi P.Sh. yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun pushaymonligi bildirdi.

 

Yuqoridagi kabi noxush holatlar qayta takrorlanmasligi maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi “Marokand Trans 777” MCHJ rahbariyati tomonidan haydovchi P.Sh.ga qayta yo‘riqnoma o‘tkazildi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish davomida yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, muloqot jarayonida berilgan vakolatdan chiqmaslik qayta tushuntirildi.

 

Samarqand viloyati Transport boshqarmasi jamoatchilik nazorati asosida muammoni yoritgan barchaga minnatdorlik bildiradi. Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi.